CBS News xabariga ko‘ra, so‘nggi talofatlar bilan birga moliyaviy zarar taxminan 720 million dollarni tashkil etishi taxmin qilinmoqda. Har bir Reaper apparatining narxi, rusumiga qarab, 30 million dollardan oshib ketishi mumkin.
General Atomics Aeronautical Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan MQ-9 Reaper — ma’lumot to‘plash, kuzatuv, razvedka va aniq zarbalar berish vazifalarida qo‘llaniladigan uchuvchisiz uchish apparatidir.
CBS News to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH va Isroil 28-fevralda qo‘shma amaliyotlarni boshlaganidan buyon Eron bo‘ylab 13 mingdan ortiq nishonga hujum uyushtirdi. Mazkur ma’lumotlar, shuningdek, Eronning ham to‘qnashuv davomida mintaqadagi 12 ta davlatda nishonlarga zarba berganini ko‘rsatdi.
Seshanba kuni ikki haftalik sulh e’lon qilinganiga qaramasdan, Isroil Livandagi hujumlarini davom ettirdi.









