DUNYO
2 daqiqa o'qish
Isroil yana Suriya janubiga qarshi hujum uyushtirdi
Isroil, Donald Trampning ehtiyorkorlik chaqirig‘iga qaramay yana Suriya janubiga qarshi hujum uyushtirdi.
Isroil yana Suriya janubiga qarshi hujum uyushtirdi
_

Isroil seshanba kuni (02.12.2025) AQSh Prezidenti Donald Trampning ehtiyorkorlik chaqirigiga qaramay, Suriya janubiga qarshi yana bosqin uyushtirdi va Qunaytrada tark etilgan harbiy postni portlatdi.

Suriya davlat telekanali Alikhbariyaning xabar berishicha, ikki dona Isroil tanki bilan onlab harbiy mashina Qunaytra janubiy qishlogi bolmish Samdaniya Sharqiya hududiga kirib borib, tark etilgan harbiy nuqtani vayron qilgan.

Hujum boyicha hozircha Isroil armiyasi yoki suriyalik rasmiylar tomonidan hech qanday izoh berilmadi.

Trampning ogohlantirishlariga e’tibor bermaslik

Hujum, yaqin atrofdagi ikki qishloqqa qarshi uyushtirilgan shunga oxshash Isroil bosqinlaridan 24 soat o‘tib sodir bo‘ldi; bu esa oylar davomida Suriya janubini nishonga olib kelayotgan deyarli kundalik hujumlar ketma - ketligining bir qismi hisoblanadi.

Dushanba kuni (01.12.2025) Tramp tinchlikka chaqirib, shunday degan edi: “Isroilning Suriya bilan kuchli va haqiqiy muloqot olib borishi juda muhim. Suriyaning farovon davlatga aylanishiga hech narsa to‘sqinlik qilmasligi kerak”.

Tramp, Suriya Prezidenti Ahmad Sharaaning tinchlik yo‘lida “puxta ishlayotgani”ni maqtar ekan, bu davrni “tarixiy imkoniyat” deb ta’rifladi.

Suriya hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 - yilning dekabr oyidan buyon Isroil janubiy viloyatlarga 1 000 dan ortiq havo hujumi va 400 dan ortiq quruqlikdan kirish amaliyotlarini amalga oshirgan.

O‘tgan yili Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng, Isroil BMT nazoratidagi bufer zonani egallab; 1974 - yilgi Kuchlarni ajratish bitimini buzgan holda, bosib olingan Go‘lan tepaliklari ustidan nazoratini kengaytirdi.

Boxabar bo'ling!
Qatar, Misr va Iordaniya Eronning arab davlatlariga hujumini qoraladi
Putin: Rossiya Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonmoqda
Amerikalik muhandis Apple kompaniyasiga bosh direktor etib tayinlandi
Nepaldagi suv toshqinlari qurbonlari soni 1130 nafarga yetdi
Ispaniyada issiq tufayli 5 mingdan ortiq o‘lim holati qayd etildi
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Nepalda suv toshqinlari qurbonlari soni 900 dan oshdi
Isroil G'arbiy Sohilda harbiy bazasini kengaytirish uchun Falastin yerlarini musodara qilmoqda
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Ukraina keng ko‘lamli dron hujumida Rossiyaning Rostov viloyatini nishonga oldi
Putin, Shi va Pezeshkiyan Qirg‘izistondagi sammitda qatnashadi
Nepalda suv toshqini va ko‘chkilarda 623 kishi halok bo‘ldi, 1 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Si, Putin va Modi Bishkekda uchrashadi: Yevrosiyo yetakchilari SHHT sammiti uchun Qirg‘izistonda
CIA direktori Retkliff Rossiyani Ukraina bilan kelishuvga chaqirdi
G‘azodagi 20 ta uy xarobasidan 233 falastinlikning jasadi chiqarildi
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
Eron: “Dengiz qamali davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlariga kuchli zarba beramiz”
Nepal–Tibet suv toshqinlarida 472 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi
Nepalda sel va yer ko‘chkilari:  270 kishi halok bo‘ldi, yuzlab kishi bedarak yo‘qoldi
Netanyahu xalqaro bosimlarga qaramay G‘arbiy Sohildagi noqonuniy aholi punktlarini kengaytiradi