Moskvadan Gʻarbga Keskin Ogohlantirish: Kaliningrad blokada qilinsa, yadro quroli bilan javob beramiz
Rossiya, agar Buyuk Britaniya yoki NATO Kaliningrad viloyatini blokadaga olishga urinsa, Moskva yadro qurolini ham oʻz ichiga olgan barcha mavjud vositalar bilan javob qaytarishidan ogohlantirdi.
Rossiyaning Londondagi elchixonasi Telegram-kanalida rasmiy bayonot berdi. Bu bayonot Britaniya matbuotida Kaliningrad eksklavini qamal qilish yoki viloyat ustidan Rossiya suverenitetini tan olmaslik ssenariylari muhokama qilinganidan soʻng eʼlon qilindi.
"Oqibatlar haqida xayollarga berilmang"
Elchixona bayonotida Gʻarbning harbiy rejalari keskin qoralangan:
"Kaliningradni blokadaga olish yoki unga zarba berish rejasini ilgari surayotganlar oqibatlar haqida xayollarga berilmasinlar. NATO tomonidan Rossiya hududiga har qanday harbiy tajovuz mavjud barcha imkoniyatlar, jumladan, yadroviy qurollar orqali qarshi olinadi" [1].
Shunga qaramay, diplomatiya missiyasi Rossiya NATO yoki Yevropa bilan toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy toʻqnashuv tarafdori emasligini va ularga hujum qilish niyati yoʻqligini yana bir bor takrorlagan.
Parij ham Gʻarbni provokatsiyada aybladi
Polsha va Litva oʻrtasida, Boltiq dengizi sohilida joylashgan Kaliningrad viloyati Rossiyaning materik qismidan ajralgan strategik eksklavi hisoblanadi.
Oʻtgan hafta Rossiyaning Parijdagi elchixonasi ham Gʻarbning Kaliningrad atrofidagi harakatlarini "provokatsiya" deb atagan edi. Elchixona Anadolu agentligiga bergan intervyusida: "Agar bunday rejalarni amalga oshirishga urinish boʻlsa, javobimiz majburiy va juda ogʻir boʻladi" — deya taʼkidlagan.






















