Kanada Bosh vaziri Mark Karni Turkiya va Kanada o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Anqarada ekanini bildirdi.
Mark Karni AQShda joylashgan «X» kompaniyasining ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Anqaraga qo‘nishiga oid videolarni joylashtirib, «Anqaraga yetib keldim», - deb yozdi.
Ushbu tashrif Kanada Bosh vazirining Turkiyaga amalga oshirayotgan ilk ikki tomonlama tashrifi ekanini ta’kidlagan Karni: «Hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun keldik», - deya qayd etdi.
Karni 85 milliondan ortiq aholiga ega Turkiya bozoriga kirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ikki mamlakat ishchilari va korxonalari uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratmoqchi ekanliklarini ta’kidladi.
Kanada Bosh vaziri Karnining Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashishi va uchrashuvdan so‘ng qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.
Shundan so‘ng Karni Istanbulga yo‘l olishi kutilmoqda.























