TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Kolumbiyaga hamdardlik bildirdi
Turkiya, Kolumbiyada qayd etilgan yer silkinishi yuzasidan hamdardlik bildirdi.
Turkiya Kolumbiyaga hamdardlik bildirdi
_

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Kolumbiyadagi yer silkinishi yuzasidan hamdardlik bildirdi

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Kolumbiyada sodir bo‘lgan yer silkinishi munosabati bilan bayonot berib: «Yer silkinishida halok bo‘lganlarning yaqinlariga va Kolumbiya xalqiga chuqur hamdardligimizni bildiramiz, jarohatlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz» - dedi.

Vazirlik Kolumbiyada sodir bo‘lgan yer silkinishi yuzasidan yozma ravishda bayonot berdi.

Bayonotda Turkiyaning Bogotadagi elchixonasi turkiyalik fuqarolar bilan aloqada ekani va ularning holati yaqindan kuzatilayotgani qayd etilib: «Kolumbiyada bugun sodir bo‘lgan yer silkinishi oqibatida insonlar halok bo‘lgani va moddiy ziyon yetgani munosabati bilan chuqur qayg‘udamiz. Voqeada halok bo‘lganlarning yaqinlariga va Kolumbiya xalqiga hamdardligimizni bildiramiz, jarohatlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz» - deyiladi.

AQSh Geologik xizmati (USGS) ma’lum qilishicha Kolumbiyaning g‘arbiy qismidagi San - Xose - del - Palmar shaharchasidan taxminan 5 kilometr sharqda, 7,4 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lgan.

Bayonotda yer silkinishi o‘chog‘ining 107 kilometr chuqurlikda joylashgani qayd etilgan.

Ushbu voqea oqibatida hozirgacha 132 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.