YANGI SURIYA
1 daqiqa o'qish
Yevropa ittifoqi Suriyani qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi
Antonio Kosta bugun bergan bayonotida, Yevropa ittifoqining Suriyani qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.
Yevropa ittifoqi Suriyani qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi
_
8 декабр 2025

Yevropa kengashi raisi Antonio Kosta bugun (08.12.2025) bayonot berdi. Unda, Bashar al - Asad rejimi qulashining birinchi yilligini nishonlagan Suriyani tabriklar ekan, ayni vaqtda Suriyaga bo‘lgan qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Kosta mavzu haqida «X» ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida:
«Asad rejimining qulashi ortidan bir yil o‘tib, suriyaliklar yana - da barqaror va inklyuziv kelajak sari shaxdam qadam tashlamoqda. Yevropa ittifoqi adolat, yarashuv va barcha suriyaliklarning huquqlarini markaziy nuqtaga qo‘ygan, tinch va suriyaliklar yetakchiligidagi jarayonni qo‘llab - quvvatlaydi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kosta, shuningdek, siyosiy muloqotga, favqulodda gumanitar yordam va Suriyaning qayta tiklanishi bilan qurilishiga bo‘lgan sadoqatini tasdiqladi.

Bashar al - Asad Suriyani qariyb 25 yil boshqardi. U o‘tgan 2024 - yilning dekabr oyida Rossiyaga qochishi bilan 1963 - yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Baas partiyasi rejimi tugadi.

Suriya Prezidenti Ahmad Shara boshchiligidagi yangi o‘tish davri hukumati esa joriy 2025 - yilning yanvar oyida tuzildi.