TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an Gʻazodagi genotsiddan Netanyaxuni mas’ul deb topdi
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroil tomonidan Gʻazoda uyushtirilgan genotsiddan Binyamin Netanyaxuni mas’ul deb topdi.
Prezident Erdo‘g‘an Gʻazodagi genotsiddan Netanyaxuni mas’ul deb topdi
23 сентябр 2025

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Isroil tomonidan Gʻazoda uyushtirilgan genotsidga e’tibor qaratgan holda, voqeadan Netanyaxuni mas’ul deb topdi.

Erdoʻgʻan dushanba kuni Nyu - Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi majlisining tanaffuslari paytida Fox Newsga bayonot berdi va unda: «Buni boshqa yo‘l bilan tushuntirish imkonsiz. Bu to‘liq genotsiddir. Va bu genotsid Netanyaxu tomonidan amalga oshirilmoqda. Afsuski, bu orqali o‘n minglab inson shafqatsizlarcha o‘ldirildi» - dedi

Uning qo‘shimcha qilishicha G‘azoda 120 ming nafardan ortiq inson tan jarohati olgan va ularning koʻpchiligi davolanishi uchun Turkiyaga olib kelingan. Eng muhimi Turkiya ushbu genotsidga qarshidir.

Falastin qarshilik harakati Hamas va mahbuslar haqidagi savolga Prezident Erdoʻgʻan, mas’uliyat faqatgina Hamasga oid ekani haqidagi iddaolarni rad etdi.

Erdoʻgʻan mavzu haqida shuningdek: «Bu bir tomonlama jinoyat emas. Voqeadan faqatgina Hamasni mas’ul deb topish notoʻgʻridir. Netanyaxu qilgan ishlarni qanday qilib e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin?» - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Isroilni tinch aholiga qarshi ayovsiz hujum uyushtirishda ayblagan holda: «Qurol - yarogʻ jihatidan Hamasni Isroil bilan taqqoslab bo‘lmaydi va Isroil bu kuchdan 7 yoshdan 70 yoshgacha bolalar, ayollar, keksalar ustidan shafqatsizlardek foydalanmoqda. Va bu insonlar o‘ldirilmoqda» - dedi.

Urushni toʻxtatish ehtimoli haqida gapirgan Prezident Erdoʻgʻan, muammoni hal qilish borasida shubhalari borligini ifoda etgan holda uni yechimsiz qolgan Rossiya - Ukraina urushi bilan solishtirdi va: «Agar yodingizda boʻlsa Hurmatli Tramp bir ifoda ishlatgandi. Ya’ni ‘Rossiya - Ukraina urushini men tugataman’ degandi. Tugadimi? Koʻrib turganingizdek haligacha davom etmoqda. Xuddi shunga oʻxshab ‘Gʻazodagi urushni men tugataman’. - dedi ammo yana tugamadi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Hamasni terror tashkiloti sifatida qabul qilib - qilmasligi haqidagi savolga esa: «Men Hamasni terror tashkiloti deb hisoblamayman. Aksincha, men ularni qarshilik guruhi deb bilaman. Ular o‘zlarini himoya qilish uchun bor kuchi bilan kurashmoqda», - dedi.

Islom olamining Isroilga qarshi birligi

Prezident Erdo‘g‘an Nyu - Yorkdagi Turk uyida Quvayt valiahd shahzodasi Shayx as - Saboh bilan uchrashdi. Unda, islom olamining Isroilga qarshi munosabatiga maqtov yogʻdirdi.

BMT Bosh assambleyasi arafasida Nyu - Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikkala lider, Turkiya - Quvayt o‘rtasidagi munosabatlar hamda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi. Erdo‘g‘an G‘azoda tinchlik oʻrnatish uchun uchrashuvlar davom etishi kerakligini ta’kidladi.

Turkiya bilan Quvayt o‘rtasidagi munosabatlarni, ayniqsa savdo sohasida rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, ikki davlat hamkorligini mustahkamlash uchun faoliyatlarini davom ettirishlarini oʻz soʻziga ilova etdi.

Suriya masalasini ham unutmagan Prezident Erdo‘g‘an mamlakatning hududiy yaxlitligini saqlab qolgan holda qayta qurish va rivojlanishga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidladi. Soʻzlari yakunida Anqara Suriyani qo‘llab - quvvatlashini takrorladi.

 

 

 

 

 

Boxabar bo'ling!
Erdo’g’an va Meloni Yaqin Sharqdagi kuchaygan inqiroz fonida mintaqaviy taranglikni muhokama qildi
Vazirlik: Turkiya Yaqin Sharqda fuqarolari xavfsizligi uchun choralar ko‘rmoqda
Turkiya mintaqaviy nizo sababli Yaqin Sharqdagi ba'zi davlatlarga parvoz cheklovlarini uzaytirdi
Turkiya Egey orollarining qurolsizlantirilgan maqomiga qaratilgan urinishlarni rad etadi
Turkiya razvedkasi Suriyada DEAShga aloqador guruhni yo‘q qildi
NATO Turkiyaga yo'naltirilgan Eron ballistik raketasini urib tushirdi
Turkiya havo hududida ballistik raketa yo'q qilindi
Eronda rejimni o'zgartirishga chaqiriqlar mintaqada xavfli oqibatlarga olib keladi
Turkiya Isroil tomonidan qo'lga olingan CNN Turk muxbirining ozod qilinishini talab qildi
Erdo'g'an: Turkiya muammolarni tinchlikparvar diplomatiya orqali hal qilishga urinmoqda
Hakan Fidan Isroil va AQSh - Eron voqeasi ustidan diplomatik muzokara olib bordi
Turkiya: Eron adolatsiz va noqonuniy hujumga duch kelmoqda
Erdo‘g‘an Eronda tinch aholi talofatlarini qoralab, to‘qnashuvlarni to‘xtatishga chaqirdi
Turkiya kompaniyalari Eron, Iroq, Suriya, Livan va Iordaniyaga reyslarni to'xtatdi
Mintaqaviy keskinliklar avj olar ekan, Turkiya va Eron kundalik chegara o‘tishlarini to‘xtatdi
Erdo'g‘an va Yevrokomissiya rahbari Eron atrofidagi keskinlikni muhokama qildi
Erdo'g'an Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi bilan Erondagi vaziyatni muhokama qildi
Erdo‘g‘an Yaqin Sharqdagi hujumlar ustidan tomonlarni qoraladi
Turkiya TIV Eron bo‘yicha diplomatik maslahatlashuvlar o‘tkazdi
Turkiya COP31 oldidan iqlim inqirozi bo'yicha nodavlat tashkilotlar bilan maslahatlashdi