DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya Kiyevga qarshi raketa hujumi uyushtirdi
Rossiya Kiyevga qarshi raketa hujumi uyushtirdi va oqibati 8 kishi umriga zomin bo‘ldi.
Rossiya Kiyevga qarshi raketa hujumi uyushtirdi
_

Kiyev meri Vitaliy Klichko, Rossiya, poytaxtga qarshi raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi

Kiyev meri Vitaliy Klichko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida, Rossiya, poytaxtga qarshi raketa hujumi uyushtirganini bildirdi.

Klichko dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani, 33 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Shaharning turli tumanlariga ziyon yetganini bildirgan Klichko, “Solomyanskiy tumanida bolalar shifoxonasi binosiga ziyon yetdi”, - dedi.

Ukraina Davlat Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan berilgan bayonotda esa shaharning Svyatoshinskiy, Darnitskiy va Solomyanskiy tumanlarida qidiruv - qutqaruv ishlari davom etayotgani bildirildi.

Bayonotda, shuningdek, Rossiya armiyasi Ukrainaning Jitomir viloyatiga ham hujum uyushtirgani, hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani va 40 kishi yaralangani qayd etildi.

Bayonotda hujum sababli viloyatdagi politsiya markazlaridan birida yong‘in chiqqani ham bildirildi.