TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya bilan Saudiya Arabistoni mudofaa sanoatidagi hamkorligini kuchaytiradi
Erdo‘g‘an, Ankara bilan Riyod mudofaa sanoatida “muhim” hamkorlik bitimlarini imzolaganini ta’kidlagan holda Turkiya ushbu hamkorliklarni kengaytirish niyatida ekanini qayd etdi.
Turkiya bilan Saudiya Arabistoni mudofaa sanoatidagi hamkorligini kuchaytiradi
_
8 соат олдин

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an chorshanba kuni (04.02.2026) Qohiradan qaytish paytida samolyotda jurnalistlarga bayonot berdi va unda mahalliy mahsulotlardna KAAN jangovar samolyoti maqtovga sazovor bo‘lganiga e’tibor qaratib, Turkiya bilan Saudiya Arabistoni mudofaa sanoatidagi hamkorlikni kuchaytirishini bildirdi.

Erdo‘g‘an jurnalistlarga: «KAAN bo‘yicha juda ko‘p ijobiy fikrlar oldik. Qolaversa, Saudiya Arabistoni bilan bu borada qo‘shma investitsiya masalasi ham bor. Bu qo‘shma sarmoyani istalgan payt amalga oshirishimiz mumkin», - dedi.

Erdo‘g‘an, Ankara va Riyod mudofaa sanoatida «muhim» hamkorlik bitimlarini imzolaganini ta’kidlagan holda Turkiya ushbu hamkorliklarni kengaytirish niyatida ekanini qayd etdi.

Prezident Eron va AQSh o‘rtasidagi keskinlikka ham to‘xtalib, ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat muloqot orqali hal etilishidan umidvor ekanini bildirdi va muzokaralar stolining tashkil etilishi muhimligini ta’kidladi.

U G‘azodagi vaziyatga ham to‘xtalgan holda, Turkiya, G‘azo tinchlik rejasining “munosib tarzda” amalga oshirilishini ta’minlash hamda hududda tinchlik va barqarorlikni qayta tiklash uchun faol rol o‘ynashini o‘z so‘ziga ilova etdi.