TURKIYA
1 daqiqa o'qish
TUSASH mudofaa sanoatida “eng jozibador kompaniya” deb topildi
Turk Aerokosmik sanoati kompaniyasi (TUSASH) “Eng jozibador kompaniyalar tadqiqoti – 2026” natijalariga ko‘ra, mudofaa sanoatida ishlash eng ko‘p istaladigan kompaniya deb topildi.
TUSASH mudofaa sanoatida “eng jozibador kompaniya” deb topildi
Turkiya aviatsiya va kosmik sanoati (TUSAŞ)

Kompaniya tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Realta Konsalting tomonidan bu yil 17-marotaba o‘tkazilgan tadqiqotda 98 mingdan ortiq universitet talabalari va qariyb 40 ming yosh mutaxassis, jami 137 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi.

Ishtirokchilar kompaniyalarni yetakchilik yondashuvi, karyera imkoniyatlari, ta’lim va rivojlanish imkonlari, korporativ madaniyat, ish haqi va qo‘shimcha imtiyozlar hamda ish muhiti kabi mezonlar asosida baholadilar.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, TUSASH ilk bor mudofaa sanoati sohasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shu tariqa kompaniya yosh iste’dodlarning karyera maqsadlarida eng ko‘p afzal ko‘riladigan soha tashkilotiga aylandi.

TUSASH barcha tarmoqlarni qamrab olgan “Turkiyaning eng jozibador 200 kompaniyasi” ro‘yxatida ham o‘tgan yilga nisbatan 12 pog‘ona yuqorilab, 6-o‘rinni egalladi.

Milliy aviatsiya, kosmik va mudofaa texnologiyalari sohalarida amalga oshirayotgan loyihalari bilan e’tibor qozongan TUSASH o‘zining mahalliy platformalari va yuqori texnologiyalarga asoslangan ish muhiti bilan yosh muhandislar hamda mutaxassislar uchun muhim karyera markazlaridan biri bo‘lib qolmoqda.