TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: “Vatanimiz kelajagi uchun hech kimga bo‘yin egmaymiz”
Prezident: “Turkiya va turk millatining qutlug‘ yurishini to‘xtatamiz, deb o‘ylayotganlar umidsizlikka uchrashi muqarrar.”
Erdo‘g‘an: “Vatanimiz kelajagi uchun hech kimga bo‘yin egmaymiz”
Prezident Erdo‘g‘an “Malazgirt 1071 xotira dasturi”da nutq so‘zladi

Prezident: “Turkiya va turk millatining qutlug‘ yurishini to‘xtatamiz, deb o‘ylayotganlar umidsizlikka uchrashi muqarrar.”

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an:

“Mintaqamizda tarix qaytadan yozilmoqda. Turkiya tinchlikparvar siyosati bilan mintaqaga yo‘nalish bermoqda”, dedi.

Prezident Erdo‘g‘an Malazgirt milliy bog‘i hududida tashkil etilgan “Onado‘lining fath etilganiga 955 yil — Malazgirt 1071” xotira dasturida nutq so‘zladi.

Erdo‘g‘an nutqida:

“Zarurat tug‘ilganda hamma narsadan voz kechamiz. Ammo vatanimiz, davlatimiz va millatimiz kelajagi haqida gap ketganda, hech kimga bo‘yin egmaymiz”, dedi.

“Bu zaminda kuchli bo‘lish, birlik va hamjihatlikda yashashdan boshqa hech qanday tanlovimiz yo‘q”, degan Erdo‘g‘an quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Biz millat sifatida qachon birlashgan, hamjihat bo‘lgan, yelkama-yelka va yonma-yon turgan, bir-birimiz bilan jipslashgan bo‘lsak, muvaffaqiyatdan muvaffaqiyatga, g‘alabadan g‘alabaga erishdik. 955 yil avval Malazgirt dostonini ham, unutmang, ana shunday yozganmiz”.

Erdo‘g‘an nutqida “Terrorsiz Turkiya” jarayoniga ham to‘xtalib:

“Buni birodarligimiz uchun amalga oshirdik. Do‘st ham, dushman ham bilib qo‘ysin: mintaqamizda tarix qaytadan yozilmoqda. Turkiya tinchlikparvar siyosati bilan mintaqaga yo‘nalish bermoqda. Endi hech kim buning yo‘lini to‘sa olmaydi”, dedi.

Prezident:

“Turli ig‘vo va tuzoqlar bilan Turkiya hamda turk millatining qutlug‘ yurishini to‘xtatamiz, deb o‘ylayotganlar umidsizlikka uchrashi muqarrar”, dedi.