DUNYO
1 daqiqa o'qish
Rossiya: Ukrainada logistika markazlari va quruq yuk kemasiga zarba berdik
Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainaning logistika markazlari, port infratuzilmasi hamda Ukraina armiyasi manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan kemalarga qarshi uyushtirilgan hujumlar davom etayotgani bildirildi.
Rossiya: Ukrainada logistika markazlari va quruq yuk kemasiga zarba berdik
_

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida Rossiya armiyasi tomonidan yarim tunda Ukrainaning logistika markazlari, port infratuzilmasi hamda Ukraina armiyasi manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan kemalarga dronlar orqali hujum qilishni davom ettirgani bildirildi.

Bayonotda aytilishicha, hujumlar oqibatida Xarkov shahridagi Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun ikki maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar saqlanadigan «Epicentr» logistika markazi, shuningdek, harbiy yuklar saqlanadigan va taqsimlanadigan markaz nishonga olingan. Shu shahardagi harbiy materiallarni saqlashda foydalaniladigan «Vasishchevo» logistika terminali ham zarbaga uchragan.

«Chernomorsk portiga Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun yuk tashiyotgan quruq yuk kemasi ham dengizda harakatlanayotgan vaqtda urib tushirildi», - deyiladi bayonotda.

Vazirlikning boshqa bayonotida esa Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari tun davomida Moskva va uning atrofida, Perm o‘lkasi hamda boshqa hududlarda Ukrainaning 532 ta dronini urib tushirgani ma’lum qilindi.