25 декабр 2025
Algoritmlar yoki raqamli qaror mexanizmi anchadan beri boshqaruv jarayonlarida muhim rol o‘ynab kelmoqda. Ishga qabul qilishlardan tortib soliq tekshiruvlari, ijtimoiy yordamlar va hatto politsiya patrul yo‘nalishlarigacha ko‘plab sohalarda qaror qabul qilish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Xo‘sh, bu nima degani yoki nima degan ma’noni anglatadi? Algoritmlar bugungi kunda shunchaki texnik vosita emas… Ular jamiyatni tartibga solish va siyosat yuritishning qoq markazidan joy olishga ulgurdi.

