Isroillik ko‘chmanchilar falastinliklarga oid uylarni yoqib yubordi
00:23
Isroillik ko‘chmanchilar falastinliklarga oid uylarni yoqib yubordi
Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar falastinliklarga oid uylarni Isroil kuchlari nazoratida yoqib yubordilar.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilning Sair shahrida noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar Isroil kuchlari nazorati ostida falastinlik oilaning uyi bilan ikkita transport vositasini yoqib yubordi. Hujum oqibatida ayollar va qariyalar doxil falastinlik ko‘plab inson jarohat oldi. 2023 - yilning oktabr oyidan beri Isroil qo‘l urgan zo‘ravonlik G‘arbiy Sohilda keskin kuchaydi. Eng yomoni mazkur voqealar 1069 nafardan ortiq falastinlik umriga, 10 ming 300 nafardan ortiq inson sog‘ligiga zomin bo‘ldi. Nodavlat notijorat tashkilotlari, faqatgina oktabr oyining o‘zida noqonuniy ko‘chmanchilar tomonidan yuzlab hujumlar uyushtirilganini ma’lum qildi. Xalqaro Sud, Isroilning G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi ishg‘oli va barcha noqonuniy ko‘chmanchilar xalqaro huquq qoidalariga ko‘ra noqonuniy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Ko'proq videolar
Netanyaxu: Isroil mudofaa kuchlari G'azodan chekinmaydi
Nagasakida atom bombasi hujumining 81 yilligi yodga olindi
Geymlix manyovri kichik bolakay umrini saqlab qoldi
Maktabdagi hujum Tailandni larzaga soldi
Isroil G‘azo hududini tobora qisqartirmoqda
Tomda qolib ketgan mushuk dazmol taxtasi yordamida qutqarildi
Otasi ICE nazorati ostida hayotdan ko‘z yumdi
Chegaraga qaytarilgan marokashlik bola ko‘z yoshlariga bo‘g‘ildi
Restoranda keksa kishini talon-toroj qilishga urinishning oldi olindi
London markazida to‘rt kishi pichoqlandi