AQSh Vakillar palatasi Isroilga qarshi boykotlarda ishtirok etgan universitetlarning ayrim federal mablag‘lardan foydalanishini taqiqlashga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi.
Shuningdek, qonun loyihasida talabalarning Isroildagi dasturlardan foydalanish imkoniyatlariga oid ma’lumotlarni taqdim etish talabi ham belgilangan. Hujjat 169 nafar deputatning qarshi, 237 nafar deputatning yoqlab bergan ovozi bilan ma’qullandi va endi Senatga yuborilmoqda.
Qonun kuchga kirishi uchun Senat tomonidan ma’qullanishi va undan so‘ng prezident tomonidan imzolanishi kerak.
