Texnologik gigantlar yadro energetikasini o'zlashtirmoqda
00:00
00:0000:00
TURKIYA
Texnologik gigantlar yadro energetikasini o'zlashtirmoqda
Hozirda Google, Amazon va Microsoft kabi texnologik gigantlar nol chiqindi maqsadiga intilayotgan paytda, atom energetikasi ularning ulkan energetik ehtiyojlarini qondirish uchun potensial yechim bo'lib qolmoqda. Aqlli mashinalar harakatlantiradigan tarmoqlar uchun kichik modulli reaktorlar va barqaror energetikaning kelajagi haqida muhokama qilamiz.
2 декабр 2024

Global texnologik kompaniyalar sun'iy intellektning tez rivojlanishi sababli energiya iste'moli bilan bog'liq jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Mutaxassislarning baholashicha, faqatgina ChatGPT’dan foydalanish oddiy veb-qidiruvdan 20 barobar ko‘proq energiya talab qiladi, va ma'lumot markazlarining elektr energiyasi iste'moli 2026 yilga kelib ikki barobar oshishi mumkin. Qiziqarli tomoni shundaki, Google’ning chiqindilari 2019 yildan 2023 yilgacha 48% ga oshgan.

Bu muammoni hal qilish uchun IT-gigantlar yadro energetikasiga murojaat qilishmoqda. Google kichik modulli reaktorlar (SMR) imkoniyatlarini o‘rganmoqda, Microsoft va Amazon esa ushbu yo‘nalishga investitsiya kiritmoqda. Bu tanlov yuqori energiya samaradorligi bilan bog‘liq: bir gramm uran uch tonna ko‘mir yoki bir yarim barrel neft bilan teng miqdorda energiya ishlab chiqarishi mumkin.

Texnologik sektor uchun yadro energetikasining afzalliklari aniq: u qayta tiklanadigan manbalardan farqli o‘laroq barqaror energiya ishlab chiqarishni ta'minlaydi, nol chiqindilar maqsadlariga erishishga yordam beradi va oson kengaytiriladi. Ammo xavflar ham mavjud: sohaning yetarlicha shaffof emasligi, uran qazib olishdagi ekologik muammolar va yadro yoqilg‘isi ishlab chiqarishda CO2 chiqindilari.

Tanqidlarga qaramay, yadro energetikasiga o‘tish texnologik sanoatning energiya muammolarini hal qilish va iqlimiy maqsadlarga erishishga qaratilgan asosiy strategiyasiga aylanmoqda.

Ko'proq tinglang
Olamda bugun 16.02.2026
Asalarilar - tabiatning eng kichik ammo eng mehnatkash hashoratlaridir
Hokimiyat jilovini sun’iy intellektga topshirishga tayyormizmi?
Salep - issiqqina qish ichimligi
Turk oshxonalarining qishki tayyorgarliklari
Turk o‘quvchilari CERN - da
Iqlim vizalari: Oldini olishmi yoki ko'chirish?
Plastmassa inqirozida monelik qilingan global kelishuv
Turk davlatlari umumiy alifbo orqali birlikka intilmoqda
Turkiya sportida oltin davr