Isroil saylovlarida arab partiyalari yutuqqa erishdi
SIYOSAT
Isroil saylovlarida arab partiyalari yutuqqa erishdi
Arab siyosiy ro‘yxati 120 o‘rinli parlamentda jami 17–18 ta o‘rinni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.

Isroilda seshanba kuni bo‘lib o‘tgan muhim umumiy saylovlar ortidan e’lon qilingan dastlabki natijalar, mamlakatdagi arab partiyalari tarixiy yutuqlarga erishganidan dalolat bermoqda. Ushbu partiyalar tarafdorlari saylov uchastkalarida faol ishtirok etdilar.

Isroilning yetakchi telekanallari e’lon qilgan dastlabki so‘rov natijalariga ko‘ra ikki arab siyosiy ro‘yxati 120 o‘rinli parlamentda jami 17–18 ta o‘rinni qo‘lga kiritishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022 - yilgi saylovlarda qo‘lga kiritilgan 10 ta o‘rindan ko‘p.

Bir nechta arab partiyalari ittifoqidan tashkil topgan «Qo‘shma ro‘yxat»ning saylovoldi shtabi natijalar e’lon qilinganida hushtaklar va qarsaklar bilan to‘ldi. «Ra’am» partiyasi tarafdorlari ham g‘alabani nishonlayotgani aks etgan tasvirlar namoyish etildi.

«The Jerusalem Post» gazetasining xabar berishicha 12 - kanal e’lon qilgan dastlabki so‘rov natijalarida «Ra’am» partiyasi 7 ta, «Qo‘shma ro‘yxat» esa 11 ta o‘rinni qo‘lga kiritishi taxmin qilingan.

Dastlabki natijalar Isroil saylovchilari Binyamin Netanyaxuga nisbatan keskin norozilik bildirganidan dalolat bermoqda. Exit - poll natijalariga ko‘ra Netanyaxuga qarshi kuchlar yangi parlamentda ozgina farq bilan ko‘pchilikni tashkil qilishi mumkin.

Biroq siyosiy qarashlari turlicha bo‘lgan muxolif partiyalar birgalikda hukumat tuza oladimi - yo‘qmi, hozircha noma’lum. Hukumatni shakllantirish jarayoni bir necha hafta davom etadigan muzokaralarni talab qilishi mumkinligi aytilmoqda.

 

 

Ko'proq videolar
Krakovdagi qurolli hujumda 5 kishi halok bo‘ldi
G‘azoda insonlar yashayotgan chodirlarni suv bosdi
Tunov kuni al - Aqsoga yana bosqin uyushtirildi
Bana Alabed: Turkiya hayotimda muhim o‘rin tutadi
Erdo‘g‘an: Mazlumlarning ovozi bo‘lishda davom etamiz
Vashington Isroilni moliyalashtirishni toʻliq toʻxtatmaydi
AQSH Isroilni boykot qilgan universitetlarni jazolamoqchi
Qiynoqlar markazi norozichilik namoyishlariga yo‘l ochdi
Futbol o‘yinda yana baxtsiz hodisa yuz berdi
AQSh harbiy vertolyoti mushakbozlikdan arang qutulib qoldi