Joriy yilning 21 - noyabri kuni Sietl - Takoma xalqaro aeroportida boshqa yo‘lovchilar samolyotga chiqayotgan bir paytda, niqob taqqan xodimlar aeroportning gavjum yo‘lovchi ko‘prigida ikki kishini qo‘lga oldi. Tasvirlarda bir ayol «qizini olib ketishayotgani va uning ishlash uchun ruxsatnomasi borligini» baqirib aytayotgani, xodimlar esa kamida bir kishini sudrab olib ketayotgani aks etgan.
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi ICE xodimlari vizasining amal qilish muddati tugagan Meksika fuqarosiga qarshi nazorat amaliyoti o‘tkazganini ma’lum qildi. Alaska Airlines aviakompaniyasi esa ushbu voqeani yo‘lovchilar va xodimlar uchun «achinarli manzara» deb baholadi.
