«Netanyaxuni mamnun qilish uchun, Katsni mamnun qilish uchun, Trampni mamnun qilish uchun... bizni sevgan narsamizdan mahrum qilmoqchi bo‘lishyapti».
Isroil kuchlari G‘azoda varrak uchirgan har bir kishiga nisbatan harbiy aralashuv va majburan ko‘chirish tahdidini bildirishi ortidan falastinlik bir bola katta qayg‘u bilan varraklarini parchalab tashladi.
Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats varraklar portlovchi modda bor yoki yo‘qligiga qaramay, ularni dronlar kabi baholash kerakligini qayd etdi.