AQShdagi tekshiruvlar bahs - munozaraga yo‘l ochdi
SPORT
AQShdagi tekshiruvlar bahs - munozaraga yo‘l ochdi
AQShda futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Senegal milliy terma jamoalarining qattiq xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tkazilishi keng ko‘lamli bahs - munozaraga yo‘l ochdi.

Meksika Koreya va Yaponiya milliy terma jamoalarini sombrerolar va mariachi musiqasi bilan tantanali ravishda kutib olar ekan, internetda tarqalgan tasvirlarda O‘zbekiston va Senegal milliy terma jamoalarining AQShda jiddiy xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tkazilgani kuzatildi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga va keskin munosabatlarga yo‘l bo‘ldi.

Oq uydagi oliy darajali rasmiylardan biri seshanba kuni, 2026 - yilgi FIFA Jahon chempionati munosabati bilan ayrim xalqaro ishtirokchilarning AQShga kirishiga cheklovlar qo‘yilishi haqidagi qarorni himoya qilar ekan, bunday choralar xavfsiz muhitni ta’minlash uchun zarur ekanini ta’kidladi.

Oq uy FIFA Jahon chempionati bo‘yicha maxsus ishchi guruhi ijrochi direktori Andryu Juliani so‘maliyalik hakam Omar Abdulkadir Artanning mamlakatga kiritilmasligi haqidagi qaror juda asosli sababga tayanganini iddao etdi ammo mavzu haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Juliani, shuningdek, Afrika davlati Senegal va Markaziy Osiyodagi O‘zbekiston kabi mamlakatlarning milliy terma jamoalariga nisbatan qo‘llanilgan qat’iy xavfsizlik tekshiruvlari haqidagi xabarlarga ham to‘xtalar ekan; «ikkilamchi tekshiruv» barcha muxlislar va futbolchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan standart tartibning bir qismi ekanini bildirdi.

Ko'proq videolar
Gretsiyada yong‘in yuzasidan aholi evakuatsiya qilinmoqda
Isroil kuchlari falastinlik oilaga yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qildi
Italiyadagi o'q-dori zavodida kuchli portlash sodir bo'ldi
Yamanlik faol BMTda nutq so'zlashdan bosh tortdi
Isroillik oila Tailanddagi Samui bog'iga kiritilmadi
Isroillik ko‘chmanchilar falastinlik oilaning uyini qurshab oldi
Kolumbiyada vayronalar ostida qolgan chaqaloq qutqarildi
Erdo’g'an: Falastinni qo'llab-quvvatlash butun insoniyatning burchi
Bashar al-Asad o‘lim jazosiga hukm qilindi
Falastin tarafdori Xabib Nurmagomedov sanksiyaga uchradi