Ushbu kema dengiz tubidagi qum, loy va qattiq cho‘kindilarni so‘rib olish (tozalash) hamda shu orqali yirik tonnajli kemalarning portlarga xavfsiz kirib-chiqishini ta’minlash vazifasini bajaradi.
Butunlay milliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqilgan kema o‘zining zamonaviy texnik jihozlari bilan ajralib turadi.
Ushbu kemaning xizmatga kirishi bilan Turkiya o‘z hududiy suvlari, bo‘g‘ozlari va strategik portlarida zarur bo‘lgan barcha tozalash ishlarini o‘z resurslari hisobidan amalga oshiradi. Bu esa har yili dengiz tubini chuqurlashtirish ishlari uchun xorijga to‘lanadigan millionlab dollar mablag‘ning mamlakat iqtisodiyotida qolishini ta’minlaydi.
"UAB MAVİ VATAN" kemasi dengizdagi sinov suzishlarini yakunlagach, qisqa muddat ichida o‘zining to‘liq operativ vazifalarini bajarishga kirishishi rejalashtirilgan.