Falastin tarafdorlari faollar Microsoft shtab-kvartirasi oldida qarorgoh qurishdi
Microsoft kompaniyasining bir guruh xodimlari va faollari texnologiya gigantidan Isroil harbiylari bilan aloqalarini uzishni talab qilib, kompaniya bosh qarorgohida norozilik namoyishi o‘tkazdi.
The Guardian nashrining yozishicha, namoyishchilar Redmonddagi Sharqiy Kampus Plaza binosini egallab, uning nomini “Shahid Falastin bolalari maydoni” deb o‘zgartirgan va kompaniyaning G‘azodagi urush jinoyatlariga sherikligini ko‘rsatish uchun lager tashkil qilgan.