Minglab inson namoyishchilar tomonidan «o‘ldirishga ruxsat» deb atalgan, politsiyaning qurol qo‘llashiga oid bahsli qonun loyihasiga qarshi norozilik bildirish uchun Parij ko‘chalariga chiqdi.
Namoyishda maktab va universitet talabalari, shuningdek, politsiya zo‘ravonligiga chek qo‘yish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va turmush xarajatlari oshishiga qarshi choralar ko‘rishni talab qilgan fuqarolar ishtirok etdi.
Fransiya Senati 19 - noyabr kuni qonun loyihasini muhokama qilishga tayyorlanar ekan, namoyishchilar politsiyaning javobgarchiligini kuchaytirish va fuqarolik erkinliklarini himoya qilishni talab qilmoqda.
