Yetti karra Formula-1 jahon chempioni bo‘lgan Lyuis Xemilton gumanitar yordam amaliyotlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Misrning Falastin G‘azo sektoriga tutash Rafoh chegara o‘tkazish punktiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida misrlik rasmiylar Xemiltonga G‘azoga yetkazilayotgan yordam yuklari, shuningdek, yarador va bemor falastinliklarning davolanish uchun Misrga olib chiqilishi haqida ma’lumot berishdi.
Xemilton avval ham Isroilning G‘azoda sodir etayotgan genotsidi va mintaqadagi gumanitar inqirozga qarshi o‘z munosabatini bildirgan edi.
