Turk harbiy kemalari Istanbul bo‘g‘ozidan o‘tdi
TURKIYA
Turk harbiy kemalari Istanbul bo‘g‘ozidan o‘tdi
Turk Harbiy - dengiz kuchlari kemalari G‘alaba bayramining 104 - yilligi munosabati bilan Istanbul bo‘g‘ozidan tantanali ravishda o‘tdi.
 

Amiral kemasi TCG Anadolu ham ishtirok etgan Turk Harbiy - dengiz kuchlari kemalari Turkiyaning Mustaqillik kurashidagi hal qiluvchi g‘alabasini yodga olish maqsadida G‘alaba bayramining 104 - yilligi munosabati bilan 30 - avgust kuni Istanbul bo‘g‘ozidan tantanali ravishda o‘tdi.

G‘alaba bayrami 1922 - yili G‘arbiy Anado‘luda urushning so‘nggi yirik jangida turk qo‘shinlarining yunon kuchlari ustidan qozongan g‘alabasini anglatadi va Turkiya Qurolli kuchlariga bag‘ishlangan.

Turk qo‘shinlari 26 – 30 - avgust kunlari bugungi Kutahiya viloyati hududida Dumlupinar jangini olib borib, bosqinchi yunon armiyasini qat’iy mag‘lubiyatga uchratdi.

1922 - yil oxirida, bir yil o‘tib Turkiya Respublikasini tashkil etadigan hududlardan xorijiy kuchlar quvib chiqarilgan edi.

Ko'proq videolar
Beytullah Majit isroillik raqibini bir soniyada mag‘lub etdi
Isroil hujumi falastinlik uch kishi umriga zomin bo‘ldi
Erdo‘g‘an Turkiyaning mudofaa sanoatidagi yutuqlari haqida gapirdi
Rossiya hujumidan so‘ng Dimerda ikki jasad topildi
Rossiya hujumida Krivoy Rigda ikki kishi halok bo‘ldi
ICE xodimlari Sietl aeroportida ikki yo‘lovchini qo‘lga oldi
AQSH bojxona nazorati xizmati Sietl aeroportida ikki yo'lovchini qo'lga oldi
Isroil G‘azodagi oziq-ovqat tarqatish mashinasiga hujum qildi
Berlin politsiyasi namoyishchidan Falastin bayrog‘ini kuch bilan tortib oldi
Noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar falastinlik ko‘cha sotuvchisini taladi