«Men o‘z nomimdan parvoz qilmayapman. Yelkamda Pokiston nomini, 250 million pokistonlikning umidlarini ko‘tarib turibman».
Pokistonlik harbiy uchuvchi Muhammad Zeeshan Ali chorshanba kuni Xitoyning Gobi sahrosidan uchirilgan raketa yordamida orbitaga chiqib, kosmosga parvoz qilgan ilk pokistonlik va Xitoy kosmik stansiyasiga chiqqan birinchi xorijlik kosmonavtga aylandi.
Parvozga tayyorgarlik ko‘rish uchun Ali Pekinda yetti oy davomida tahsil oldi va shu vaqt mobaynida intensiv xitoy tili mashg‘ulotlarida qatnashdi.
BMTning Kosmik ishlar bo‘yicha boshqarmasi direktori Aarti Holla - Maini CGTN telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi:
«Umid qilamanki, bu kosmosga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan ko‘plab xorijlik kosmonavtlarning birinchisi bo‘ladi. Boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar ham bunday misollar va tajribalarni ko‘rganida, bu ularga umid va ilhom bag‘ishlaydi».
Ali orbitaga chiqqan ilk pokistonlik bo‘lsa - da, pokistonlik sayyoh Namira Salim 2023 - yilning oktabr oyida Virgin Galactic kompaniyasining tijoriy suborbital parvozida ishtirok etib, kosmosga sayohat qilgan ilk pokistonlik fuqaro bo‘lgan edi.
