Isroil hujumi falastinlik uch kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroil hujumi falastinlik uch kishi umriga zomin bo‘ldi
Isroil 2025 - yilning oktabr oyida kuchga kirgan sulhni G‘azoga takroriy hujumlar uyushtirish orqali buzishda davom etmoqda.
 

Isroil tomonidan 24 - noyabr kuni erta tongda G‘azo sektorining Xon Yunus shahri g‘arbidagi al - Mavosi hududida joylashgan politsiya punktiga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida falastinlik uch kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra hujumda ikki nafar politsiya xodimi va bir bola hayotdan ko‘z yumgan.

Guvohlarning bildirishicha Isroil harbiy texnikalari Xon Yunusda o‘z uy  -joyidan ko‘chirilgan falastinliklar yashayotgan chodirlarga qarata o‘t ochgan. Artilleriya bo‘linmalari esa Jabaliya va Bayt Lahiya sharqidagi hududlarni bombardimon qilgan.

Isroil 2025 - yilning oktabr oyida kuchga kirgan sulhni G‘azoga takroriy hujumlar uyushtirish orqali buzishda davom etmoqda.

G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra sulh kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlarida falastinlik kamida 1 ming 679 kishi halok bo‘lgan, qariyb 6 ming 100 kishi yaralangan.

Ko'proq videolar
Beytullah Majit isroillik raqibini bir soniyada mag‘lub etdi
Erdo‘g‘an Turkiyaning mudofaa sanoatidagi yutuqlari haqida gapirdi
Rossiya hujumidan so‘ng Dimerda ikki jasad topildi
Rossiya hujumida Krivoy Rigda ikki kishi halok bo‘ldi
ICE xodimlari Sietl aeroportida ikki yo‘lovchini qo‘lga oldi
AQSH bojxona nazorati xizmati Sietl aeroportida ikki yo'lovchini qo'lga oldi
Isroil G‘azodagi oziq-ovqat tarqatish mashinasiga hujum qildi
Berlin politsiyasi namoyishchidan Falastin bayrog‘ini kuch bilan tortib oldi
Noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar falastinlik ko‘cha sotuvchisini taladi
Faollar Neshvilldagi mukofot marosimi arenasiga G‘azo tasvirlarini tushirdi