Politsiya va bomba zararsizlantirish mutaxassislari 16-avgust kuni Slovakiyadagi Dunay daryosida topilgan Ikkinchi jahon urushi davridagi minani xavfsiz tarzda portlatib yubordilar.
Mina ehtiyotkorlik bilan daryodan olib chiqilib, xavfsiz hududga ko‘chirildi, usti qum bilan yopilib, yo‘q qilindi. Bu portlovchi modda Yevropadagi kuchli issiqlik va qurg‘oqchilik oqibatida Dunay daryosida suv sathi rekord darajada pastlagan paytda topildi.