AQSh Eronning 5 ta neft tankerini yo'q qildi
DUNYO
AQSh Eronning 5 ta neft tankerini yo'q qildi
AQSh o‘z harbiy kemalariga qilingan so‘nggi hujumlarga javoban seshanba kuni Eronning beshta neft tankerini yo‘q qilganini ma’lum qildi.
 

Tehron esa bunga javoban Iordaniyadagi Amerika harbiy bazasiga bir nechta ballistik raketa bilan zarba berdi.

Iordaniya davlat axborot agentligi chorshanba kuni mamlakat Qurolli kuchlariga tayanib xabar berishicha, havo mudofaa tizimlari Eron hududidan uchirilgan 20 ta ballistik raketadan 18 tasini yo‘q qilgan. Havoda urib tushirilgan raketalarning portlashlari Suriya poytaxti Damashqdan ham ko‘ringan.

Eronning IRNA davlat axborot agentligi chorshanba kuni ertalab tarqatgan xabarida Tehron Kuveyt va Bahrayn qirg‘oqlaridagi neft tankerlarini nishonga olish orqali javob qaytarishni davom ettirishini bildirdi va kemalar ekipajlarini ularni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Eron har ikki davlatni AQSh kuchlariga mezbonlik qilish hamda hujumlarga ko‘maklashishda aybladi.


Ko'proq videolar
Isroil bu gal baliqchilarni nishonga oldi
Beytullah Majit isroillik raqibini bir soniyada mag‘lub etdi
Isroil hujumi falastinlik uch kishi umriga zomin bo‘ldi
Erdo‘g‘an Turkiyaning mudofaa sanoatidagi yutuqlari haqida gapirdi
Rossiya hujumidan so‘ng Dimerda ikki jasad topildi
Rossiya hujumida Krivoy Rigda ikki kishi halok bo‘ldi
ICE xodimlari Sietl aeroportida ikki yo‘lovchini qo‘lga oldi
AQSH bojxona nazorati xizmati Sietl aeroportida ikki yo'lovchini qo'lga oldi
Isroil G‘azodagi oziq-ovqat tarqatish mashinasiga hujum qildi
Berlin politsiyasi namoyishchidan Falastin bayrog‘ini kuch bilan tortib oldi