24 феврал 2026
Bayraktar AKINCI TİHA, Qora dengiz uzra o‘tkazilgan havo-havo otish sinovida EREN yuqori tezlikdagi ko‘p maqsadli aylanib yuruvchi o‘q-dorisidan (kamikadze dron) foydalanib, nishon uchuvchisiz uchish aparatini muvaffaqiyatli yo‘q qildi. Turkiyaning qurol ishlab chiqaruvchisi Roketsan bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ushbu sinov, NATOning sharqiy qanotida ortib borayotgan kamikadze dronlar va qanotli raketalar tahdidlariga qarshi Turkiyaning mudofaa qobiliyatida burilish nuqtasi bo‘ldi.
