25 феврал 2026
22 - fevral kuni Uttar Pradeshdagi Lakxnau universitetida bir guruh hindu talaba muhrlangan «Lal Baradari» nomidagi jome’ masjidi tashqarisida namoz o‘qiyotgan musulmon talabalar atrofida inson zanjiri hosil qilib, birdamlik namoyish etdi. Jome’ masjidi yopilishiga esa norozichilik bildirib, voqeani keskin qoraladi.
Universitet ma’muriyati tarixiy jome’ masjidini bino xavfsizligi va jamoat tartibi sabablari baxonasi bilan yopganini ma’lum qilishiga qarmay, talabalar, jome’ masjidi muhrlangach Ramazon oyida universitet shaharchasida ibodat qilishlar ham cheklanganini iddao etdi.
