Ota-onalar teng yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalar uchun vitrinlarga chiqarilgan kiyimlarni taqqoslab, nima uchun qiz bolalarga o‘g‘il bolalarga nisbatan ancha kalta, tor va ochiq modellar taqdim etilayotganini so‘roq ostiga olishmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlar oilalarning bu e’tirozida mutlaqo haqli ekanini ko‘rsatmoqda. Qiz bolalarga mo‘ljallangan 5 ming 666 ta kiyim-kechak qat’iy nazorat ostiga olingan bir tadqiqotda har uch mahsulotdan biri mutaxassislar tomonidan “voyaga yetmaganlarni kattalar hayotiga va jinsiy munosabatlarga undovchi” unsurlarni o‘z ichiga olishi aniqlandi.
Xo‘sh, hali o‘yin yoshidagi qiz bolalar kattalarga mo‘ljallangan moda tushunchasi bilan nima uchun bunchalik erta yoshda tanishtirilmoqda?