Yahudiylar falastinliklarga oid daraxtlardan zaytun oʻgʻirladi
DUNYO
Yahudiylar falastinliklarga oid daraxtlardan zaytun oʻgʻirladi
G‘arbiy Sohilning Masafer Yatta hududida falastinliklarga tegishli zaytunzorlarga kirgan noqonuniy isroillik ko‘chmanchilar daraxtlardagi zaytunlarni o‘g‘irladi.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda zaytun hosilini yig‘ish rasman 15-oktabrda boshlanadi. Biroq ortib borayotgan isroillik ko‘chmanchilar zo‘ravonligi, harbiy reydlar, o‘tish cheklovlari va oralarida o‘nlab nazorat-o‘tkazish punktlari tezkorlik bilan o‘rnatilgan ko‘chmanchilar doirasini kengaytirish faoliyatlari falastinliklarning o‘z dalalariga yetib borishini borgan sari qiyinlashtirmoqda va ularning o‘z yerlari bilan bo‘lgan aloqasini uzmoqda.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda faoliyat yuritayotgan 29 ta Falastin va xalqaro tashkilot ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, nodavlat tashkilotlarning 79 foizi o‘z xodimlari yaqin orada hujum, tahdid yoki ta’qibga uchraganini ma’lum qildi.

Falastin Devori va ko‘chmanchilikka qarshi qarshilik komissiyasi ushbu hodisalar odatda jismoniy hujumlar, hibslar, kaltaklash, murch gazi bilan hujum qilish, o‘g‘rilik, uylarga bosqin uyushtirish, daraxtlarni kesish va yo‘llarni to‘sish kabi harakatlarni o‘z ichiga olishini bildirdi.


Ko'proq videolar
Lyuis Xemilton Rafoh chegara punktiga tashrif buyurdi
G‘azodagi Isroil hujumining dahshatli oqibatlari
Guterrish «Nol chiqindi» loyihasini yuqori baholadi
Hayfada bolaga zo‘ravonlik qilganlikda gumonlangan isroillik ayol qo‘lga olindi
Turkiyalik o‘quvchilar G‘oziy Mustafo Kamol Otaturkni maxsus xoreografik chiqish bilan yodga oldilar
Rubio: Isroil AQSh yordamisiz ham qurol sotib olishga iqtisodiy jihatdan qodir
Masafer Yattada noqonuniy isroillik ko‘chmanchi falastinlik ayolga hujum qildi
Germaniya kansleri Mers: Germaniya Isroilni qat’iy qo‘llab-quvvatlashda davom etadi
Parlament binosi oldida Falastin bayrog‘ini ko‘tardi
Otaturkni vafotining 88 yilligi munosabati bilan yodga olamiz