14-oktabr kuni G‘azo shahrining Rimal mahallasiga berilgan Isroil zarbasidan so‘ng, yonayotgan uyidan qutqarib olingan qizaloq olov ichidan mo‘jiza tufayli omon chiqdi. Hujumda kamida bir kishi halok bo‘ldi va ko‘plab fuqarolar yaralandi.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, Xon Yunis sharqida, Dayr al-Balahda va G‘azoning boshqa hududlarida ham Isroil kuchlarining shiddatli artilleriya va harbiy texnikalardan o’q uzish holatlari kuzatilgan.