TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an: Yaqin Sharqdagi zo‘ravonlik girdobidan imkon qadar tezroq chiqish lozim
Prezident Erdo‘g‘an Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto bilan telefon orqali muloqot qildi va unda Yaqin Sharqdagi mojarolarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.
Erdo‘g‘an: Yaqin Sharqdagi zo‘ravonlik girdobidan imkon qadar tezroq chiqish lozim
_
8 соат олдин

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto bilan telefon orqali muloqot qildi va unda Yaqin Sharqdagi mojarolarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.

Payshanba kuni (19.03.2026) bo‘lib o‘tgan muloqotda Erdo‘g‘an: «Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlar bilan boshlanib, Fors ko‘rfazi davlatlariga yoyilgan zo‘ravonlik girdobidan imkon qadar tezroq chiqish lozim» - dedi.

Erdo‘g‘an, Isroilning al - Aqso jome’ masjidini nishonga olgan provokatsiyalarini «qabul qilib bo‘lmaydigan» deb baholagan holda mavzu haqida: «Islomning birinchi qiblasi bo‘lgan bu muqaddas maskanga kirishni cheklab, uning kelajagini xavf ostiga qo‘yayotgan Isroilga qarshi musulmon jamiyatlari jim turmasligi muhimdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinishicha, ikki yetakchi muloqot davomida ikki tomonlama aloqalar bilan bir qatorda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlarni ham muhokama qildi.

Kengroq mintaqaviy keskinlik xavfi

Eronga qarshi uyushtirilgan va undan keyin javob tariqasida yo‘lga qo‘yilgan hujumlar Fors ko‘rfazi davlatlariga ham yoyilar ekan; Yaqin Sharqdagi taranglik jadal tusda va keng ko‘lamli mintaqaviy mojaroga aylanish ehtimoli kuchaydi.

Turkiya, diplomatiyani faol qo‘llab - quvvatlovchi davlat sifatida yana bir bor barcha tomonlarni provokatsiyalardan tiyilishga chaqirdi va bunday mojarolarning mintaqaviy barqarorlik hamda global xavfsizlik uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.

Anqara, shuningdek, ayniqsa ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan diniy va madaniy obidalarni himoya qilish muhimligiga alohida e’tibor qaratdi.

Ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan va Islom olami uchun eng muqaddas maskanlardan biri hisoblangan al - Aqso jome’ masjidining maqomi musulmonlar uchun nihoyatda nozik masaladir.