Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan shanba kuni (27.09.2025) Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ma’lumot berildi.
Ushbu ma’lumotga koʻra muloqot chogʻida ikkala lider Turkiya bilan Ispaniya o‘rtasidagi hamkorlik masalalarida fikr almashib, mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar, shu jumladan Gʻazoda davom etayotgan inqirozni muhokama qildilar.
Erdoʻgʻan muloqot chogʻida, bu yilgi BMT Bosh assambleyasida Falastindagi muammo ikki davlat asosida hal qilinishi yoʻlida mazmunli qadamlar tashlanganini ta’kidladi.
Ispaniya munosabati xursandchilik bilan qarshi olindi
Genotsidchi Binyamin Netanyaxuning tinchlikni buzishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta’kidlagan Erdoʻgʻan, Isroilning davom etayogan harakatlari kelishuvdan uzoq ekanidan dalolat berayotganini ta’kidladi.
Turkiya Prezidenti Gʻazodagi Isroil hujumlarini toʻxtatish va qamal ostidagi hududga insonparvarlik yordami yetkazib berish imkonlarini topish uchun oʻz faoliyatlarini davom ettirishlarini qayd etdi.
Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, shuningdek, Sanchesning xalqaro Sumud flotiga boʻlgan munosabatidan xursand ekanini ifoda etib, voqeani Turkiya yaqindan kuzatib borayotganini oʻz soʻziga ilova etdi.