G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroil al – Aqso jome’ masjidida ramazon hayiti namozi o‘qilishini taqiqladi
Isroil, xavfsizlik bahonasi bilan Sharqiy Quddusda joylashgan al – Aqso jome’ masjidida ramazon hayiti namozi o‘qilishini taqiqladi.
Isroil al – Aqso jome’ masjidida ramazon hayiti namozi o‘qilishini taqiqladi
_
10 соат олдин

Isroil rasmiylari Eron bilan urush sabab joriy etilgan xavfsizlik cheklovlarini bahona qilib, ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda joylashgan al - Aqso jome’ masjidida Ramazon hayiti namozi o‘qilishini taqiqladi.

Falastinliklar Ramazon oyining yakuni munosabati bilan mo‘minlarni namozni al - Aqso jome’ masjidiga imkon qadar yaqin joylarda o‘qish uchun Eski shahar atrofida to‘planishga chaqirdi.

Isroil politsiyasi Ramazon oyi davomida al - Aqso jome’ masjidiga qo‘yilgan cheklovlarga qarshi norozilik sifatida Eski shahar devorlari tashqarisida namoz o‘qigan falastinliklarga nisbatan avval ham tayoq, shovqin bombalari va ko‘z yoshartiruvchi gaz qo‘llagan edi.

Ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddus bayram davriga g‘amgin kirdi.

Bayram oldidan odatda falastinliklar bilan to‘lib toshuvchi Eski shahar bu gal qo‘rqinchli darajada jimjirt kirdi. Va hatto bu muhit arvohlar shahrini yodga soldi.

Isroil, yig‘ilishlarga nisbatan qo‘yilgan taqiq bahonasi bilan hududga kirishni chekladi; falastinlik savdogarlarning do‘konlarini ochishiga to‘sqinlik qilindi va faqat dorixonalar hamda asosiy oziq - ovqat do‘konlarida ishlashga ruxsat berildi.

Isroilning ehtimoliy javob choralaridan qo‘rqib ismlarini oshkor qilishni istamagan falastinlik savdogarlar, bu cheklovlar ularni og‘ir iqtisodiy taranglikka olib kelganini ifoda etdilar.