DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSh: Eron amaliyotida maqsadga yaqinlashdik
Donald Tramp, AQSh tomonidan Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy faoliyatlarida maqsadlariga erishishga yaqinlashilganini bildirdi.
AQSh: Eron amaliyotida maqsadga yaqinlashdik
_
11 соат олдин

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘i orqali bergan bayonotida, AQSh tomonidan Eronga qarshi olib borilayotgan harbiy faoliyatlarida maqsadlariga erishishga yaqinlashilganini bildirdi.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi himoyasi va nazoratining bu muhim dengiz yo‘lidan foydalanayotgan boshqa davlatlarga topshirilishi kerakligini ta’kidlagan Tramp, bu masala AQShning zimmasida bo‘lmasligi lozimligini qayd etdi.

Joriy yilning 28 - fevrali kuni AQSh bilan Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlangan qo‘shma hujumlar ortidan mintaqadagi taranglik tez sur’atlarda avj oldi.

Hujumlarda, 1 ming 300 nafar inson halok bo‘ldi. Ular orasida boshlang‘ich qizlar maktabida ta’lim olgan 150 nafardan ortiq o‘quvchi ham bor edi.

Eron esa Isroil bilan mintaqada AQSh bilan aloqasi bor nishonlarga qarshi raketa va insonsiz havo transportlari orqali hujum uyushtirib, mojaroning yanada keskinlashuviga sabab bo‘ldi.