TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Bo’lat: Turkiya so‘nggi olti oyda har oy eksport rekordini yangiladi
Turkiya savdo vaziri O‘mer Bo’lat eksport ko‘rsatkichlari yaxshi ekanini va noyabr oyidagi yangi rekord o‘n kundan keyin e’lon qilinishini aytdi.
Bo’lat: Turkiya so‘nggi olti oyda har oy eksport rekordini yangiladi
Savdo vaziri Omer Bolat / Anadolu Agency (Wire)
 

Bo’lat Belekdagi mehmonxonalardan birida o‘tkazilgan Turkiya hunarmandlar va kichik tadbirkorlar kredit va kafillik kooperativlari uyushmalari markaziy birligi (TESKOMB) delegatlari yig‘ilishida so‘zga chiqdi. U BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi doiraviy konvensiyasi tomonlarining 31-konferensiyasi (COP31) Turkiyaga munosib tarzda muvaffaqiyatli o‘tkazilganini aytdi.

Bo’lat bu yil investitsiyalar va eksport o‘sishi jihatidan samarali kechganini ta’kidladi. «O‘n kundan keyin noyabr oyidagi eksport rekordini e’lon qilamiz. Ko‘rsatkichlar yaxshi. So‘nggi olti oyda har oy eksport rekordini yangiladik. Oyma-oy bunchalik ko‘p rekord yangilangan yillar kam bo‘lgan. Yil yakunida qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar eksporti bo‘yicha ham yangi rekord ko‘rsatkichlarni e’lon qilamiz», dedi u.

Bo’latning aytishicha, Turkiya iqtisodiyoti so‘nggi 23 yilda qariyb yetti baravar o‘sgan. Iqtisodiyot hajmi 238 milliard dollardan iyun oyi holatiga ko‘ra 1,7 trillion dollarga yetgan.

Vazir Turkiya sanoat, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit, turizm, energetika va mudofaa sanoati sohalarida sezilarli yutuqlarga erishganini ham qayd etdi.