TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Hakan Fidan Anqarada Yevropa komissiyasi raisi o‘rinbosari Fitto bilan uchrashdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiya va Yevropa Ittifoqi munosabatlari kelajagini Janubiy Kipr yunon ma’muriyati garovga olishiga yo‘l qo‘yish to‘g‘ri strategiya emasligini aytdi.
Hakan Fidan Anqarada Yevropa komissiyasi raisi o‘rinbosari Fitto bilan uchrashdi
Tashqi ishlar vaziri Fidan Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Fitto bilan uchrashdi / Anadolu Agency (Wire)
 

Turkiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbalarga ko‘ra, vazir Hakan Fidan Yevropa komissiyasining hamjihatlik siyosati va islohotlar bo‘yicha rais o‘rinbosari Raffaele Fitto bilan uchrashdi.

Fidan uchrashuvda Fittoning Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari va bu boradagi konstruktiv rolini yuqori baholashlarini bildirdi. U Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar va hamkorlikka katta ahamiyat berishini ta’kidladi.

Fidan Turkiya va Yevropa Ittifoqi mushtarak manfaatlar asosida muhim qadamlar qo‘ya olishini qayd etdi. U ikki tomon munosabatlarining kelajagini Janubiy Kipr yunon ma’muriyati garovga olishiga yo‘l qo‘yish to‘g‘ri strategiya emasligini ta’kidladi.

Vazir, shuningdek, Bojxona ittifoqini yangilash Turkiya va Yevropa Ittifoqining umumiy iqtisodiy manfaatlariga xizmat qilishini hamda bu masalani Kipr masalasi bilan bog‘lamaslik kerakligini aytdi.