AQShning Aviation Week aviatsiya nashri xabarni «Turkiya armiyasi Baykar kompaniyasining QIZILELMA samolyotlarini qabul qilib oldi» sarlavhasi bilan e’lon qildi. Nashr Baykarning jahon aviatsiyasi tarixida ilk bor bunday natijaga erishilgani haqidagi bayonotini ham keltirdi.
AQShda joylashgan Al-Monitor nashri esa QIZILELMA Turkiya havo kuchlariga qanday yangi imkoniyatlar berishiga e’tibor qaratdi.
«An’anaviy aviatsiyaga chorlov»
QIZILELMAning qurollanishga qabul qilinishi Gretsiya matbuotida ham yoritildi. Mudofaa sohasiga ixtisoslashgan OnAlert nashri QIZILELMA 600 ta sinov va o‘quv parvozini amalga oshirganini yozdi.
Gretsiyaning Ptisi jurnali samolyotning havo jangini olib borish va uchuvchili jangovar samolyotlar bilan birgalikda harakat qilish imkoniyatlarini yoritdi.
Rossiyaning EADaily axborot agentligi xabarni «An’anaviy aviatsiyaga chorlov» sarlavhasi bilan e’lon qildi. Agentlik dastlabki uchta QIZILELMA topshirilgani va samolyotning kelgusidagi imkoniyatlari haqida yozdi.















