DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina: Rossiyaning Kriviy Rihga hujumida 2 tinch aholi vakili halok bo‘ldi
Rossiya armiyasi Ukrainaning Kriviy Rih shahriga uyushtirgan havo hujumida 2 kishi halok bo‘ldi, 52 kishi yaralandi.
Ukraina: Rossiyaning Kriviy Rihga hujumida 2 tinch aholi vakili halok bo‘ldi
Kriviy Rigda Rossiyaning uchuvchisiz uchish apparati hujumidan so‘ng / Reuters (Wire)
 

Ukrainaning Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Ganja ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Rossiya Kriviy Rih shahrini nishonga olganini ma’lum qildi.

Ganjaning aytishicha, hujum oqibatida ikki tinch aholi vakili, jumladan bir bola halok bo‘lgan. Yana 52 kishi yaralangan.

Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati yozma bayonotida Rossiya armiyasining tunda Xarkiv viloyatiga uyushtirgan hujumida 11 kishi yaralanganini ma’lum qildi.