DUNYO
1 daqiqa o'qish
Tramp Putinning urushni diplomatik yo‘l bilan yakunlash istagini bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlari juda yaxshi ekanini aytdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Putin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni diplomatik yo‘l bilan yakunlash istagini ochiq bildirgan.
Tramp Putinning urushni diplomatik yo‘l bilan yakunlash istagini bildirdi
AQSH va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin / reuters
 

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazgan matbuot brifingida Osiyo safari yakunlari ortidan tashqi siyosat kun tartibidagi masalalarga to‘xtaldi.

Tramp Xitoyda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralari haqida gapirib, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlash bo‘yicha muloqot juda ijobiy kechayotganini aytdi.

«Rossiya prezidenti Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdim. Putin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni diplomatik yo‘l bilan yakunlashni istayotganini ochiq aytdi», dedi Tramp.

Tramp Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi adovat tinchlikka to‘sqinlik qilayotganini aytdi

Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasida «juda kuchli adovat» borligini aytib, bu holat tinchlik kelishuviga erishishni qiyinlashtirayotganini ta’kidladi.

«Putin urushni tugatishni istaydi. Ochig‘ini aytsam, bu juda qiyin. Zelenskiy bilan Putin bir-biridan nafratlanadi va urushni qanday tugatishni bilmaydi. Ikkisi ham urushni tugatmoqchi, ammo bu vaziyatdan chiqa olmayapti», dedi Tramp. Uning aytishicha, AQSh bu jarayonda har ikki mamlakatga yordam berishga harakat qilmoqda.

«Putindan “Agar men prezident bo‘lganimda, urushga kirarmidingiz?” deb so‘radim. U esa “Yo‘q, bu urush hech qachon bo‘lmasdi”, deb javob berdi», deya qo‘shimcha qildi Tramp.