G‘azo o‘z tarixdagi eng dahshatli davrlardan birini boshdan kechirayotgan bir paytda qamal ostidagi hududda 24 yil umr surgan va turk millatiga mansub Kevser Yilmaz Jarada havo hujumlari, ocharchilik va sobit imon bilan shakllangan hayoti haqida gapirib berdi.
Kevser Yilmaz Jarada, 1999 - yili turmush qurishi ortidan G‘azoga ko‘chib o‘tdi va u yerda 24 yil yashadi.
Jarada: «G‘azo xalqi bilan birgalikda urushlar, blokadalar va qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Oʻzimni ulardan biri deb bilaman va oʻzimni gʻazolik kabi his qilaman», - dedi.
2005 - yilgacha isroillik koʻchmanchilar Gʻazodagi Falastin tuproqlarini egallab olgani bois koʻrinmas hududlarda yashaganini ifoda etgan Jarada: «Ular fermalarda, ulkan yer uchastkalarida, oʻz maktablari va fabrikalari bilan hashamatli hayot kechirar edilar», - deya gapirdi.
Jarada mahalliy xalq Isroil bosqiniga qarshi isyon koʻtargan bir paytda ogʻir sharoitlar va iqtisodiy qiyinchiliklar ostida ekani; bunga qarshi isroillik koʻchmanchilar farovon hayot kechirganini o‘z so‘ziga ilova etdi.
U shuningdek: «G‘azoliklar qarshilik koʻrsatdilar va bosqinchilarning oʻz yerlarida erkin yashashiga ruxsat bermadilar. Xalq oʻz yerlarini bosqinchilardan tozaladi. Oʻshandan beri Gʻazoda birorta ham yahudiy qolmadi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
G‘azoda hayot to‘xtaydi ammo ta’lim aslo
Gʻazoda ta’lim ustuvor ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan Jarada mavzu haqida: «G‘azoda hayot toʻxtaydi ammo ta’lim aslo. Hatto urush paytida ham ta’lim davom etadi», - dedi.
Bolalar maktabdan keyin ovqatlanishlari va ko‘pincha jamoat markazlari vazifasini bajaradigan jome’ masjidlarda vaqt o‘tkazishlarini bildirdi.
Jarada Gʻazodagi chegara darvozalaridan oʻtish juda qiyin ekani, talabalar yoki bemorlardan ismlarini bir necha oy oldin yozib olishlari va tasdiqlash roʻyxati e’lon qilinishini kutishga majbur qolganini ifoda etdi.
Elektr uzilishlari kundalik hayot sharoitini shakllantirishiga e’tibor qaratgan Jarada, elektr energiyasi koʻpincha 4 - 8 soat davom etishi va ayrim paytlarda umuman kelmasligini qayd etdi.
Jarada: «Biz ishimizni elektr energiyasi qaytgan soatlar atrofida rejalashtirar edik. Agar elektr energiyasi kechasi qaytsa men kir yuvardim, dazmollar qilib, ovqat tayyorlardim. Sakkiz soatlik elektr energiyasi borligidan xursand edik. Suvga erishish ham cheklangan edi», - dedi.
Uning qoʻshimcha qilishicha suv ba’zan ikki yoki uch kunda bir marta oqardi va oilalar idishlarni toʻldirib, suvni saqlashga majbur edi. Uning ta’kidlashicha, bu sharoitlarga qaramay talabalar universitet ta’limini tamomladilar.
Jarada: «Gʻazo xalqining har qanday qiyinchilikka qaramay minnatdor ekanini koʻrish bizga qimmatli saboq berdi», - deya gapirdi.
Gʻazoliklar hech qachon «taslim boʻldik» demaydilar
Jarada, Gʻazodagi qiyinchiliklar insonlarni bardoshli qilganini ta’kidladi.
Uning soʻzlariga koʻra hayot qiyin edi lekin u har doim u yerda yashovchi insonlarni kuchliroq qildi. Gʻazoliklarning iymoni mustahkam. Ular osonlikcha sinmaydi. Ular urushdan keyin o‘zlarini tezda tiklab olib, tirikchilikni davom ettiradilar. Ular hech qachon «taslim boʻldik, tugadik» deyishmaydi, chunki ular oʻz taqdirlarini bilishadi va uni yashaydilar.
Jarada 2023 - yilning yoz mavsumida sogʻliq muammolari tufayli Turkiyaga kelgani va ko‘p oʻtmay Isroil va Falastin qarshilik tashkiloti Hamas oʻrtasida urush boshlanganini ifoda etdi. Uning ta’kidlashicha, keskinlik kuchaygan va Gʻazo deyarli har yili toʻqnashuvlar qayd etilgan.
Jaradaning soʻzlariga koʻra ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusdagi al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan qonunbuzarliklar Gʻazo xalqini chora ko‘rishga majbur qilgan.
Jarada: «Gʻazo xalqi al - Aqso jome masjidini himoya qilish uchun oʻzlarini qurbon qildilar. Ular urush nima uchun boshlanganini soʻramadilar. Buning oʻrniga ular oʻz kuchlarini tan oldilar. Axir, ikki yildan beri magʻlub boʻlmagan Gʻazo bor. Isroil na mahbuslarini toʻliq qaytarib olishga, na Gʻazoni toʻliq egallab olishga muvaffaq boʻldi. Shuning uchun Gʻazo magʻlub boʻlmadi», - dedi.
2023 - yilning 8 - oktabridan keyingi davrni yodga solgan Jarada, kuchli bombardimonlar va Isroil qamali ostida yuz bergan jiddiy ochlik haqida ham gapirdi.
«Insonlar quduqlar yoki dengiz suvi va hatto yovvoyi oʻsimliklar bilan tirik qolishgan», - degan Jarada, o‘zining farzandlari ikki hafta davomida faqat suv bilan kun kechirgani va bir marta maydalangan tovuq yemidan non yasaganini o‘z so‘ziga ilova qildi.
Jarada shuningdek, Gʻazoning sogʻliqni saqlash tizimi umuman cho‘kkani, shifoxonalarga qarshi uyushtirilgan hujumlar yuzasidan tan jarohati olganlar davolana olmagani va chuqurlashib borayotgan uy - joy inqirozi minglab insonlarni chodirlar yoki vayronalar orasida yashashga majbur qilganini taʼkidladi.
G‘azo xalqi o‘zini qanday tiklashni yaxdhi biladi
Gʻazo xalqining o‘zini yangilash refleksiga e’tibor qaratgan Jarada, «Otashkesim yo‘lga qo‘yilar - qo‘yilmas jome’ masjidlari taʼmirlanadi va jamoatlar qayta birlashadi. Bu xatti - harakatlar birlik va hamjihatlikning mohiyatidir. Har bir bombardimon ortidan uylar taʼmirlanadi, koʻchalar tozalanadi va hayot qayta boshlanadi. Gʻazo xalqi oʻzini qanday tiklashni yaxshi biladi» , - dedi.
Uning soʻzlariga koʻra Gʻazo xalqi nihoyatda saxovatli va u yerda o‘tkazgan 24 yillik hayoti unga minnatdor bo‘lish, sabr - toqat va hamjihatlikni oʻrgatdi.
Farzandlarini G‘azoga tarbiyalashdan faxrlangani va dunyo bu xalqning sabr - toqati va qadr - qimmatiga guvoh bo‘lganini o‘z so‘ziga ilova qilgan Jarada: «Xudo xohlasa, bir kun barchamiz ozod Quddusda birgalikda ibodat qilamiz»,- degan ifodalarga o‘rin berdi.

















