TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Armaniston Bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor
Ikki mamlakat o‘tgan hafta tinchlik shartnomasi loyihasini tasdiqladi va bu ularning o‘n yillardan beri davom etgan mojaroni tugatish yo‘lida tashlagan shaxdam qadamlari sifatida baholanmoqda.
00:00
Armaniston Bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor
20 март 2025

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, qo‘shni Ozarbayjon bilan kelishib olingan tinchlik shartnomasi loyihasini imzolashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Pashinyan chorshanba kuni «X» platformasi orqali bayonot berdi va unda: «Armaniston bilan Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik shartnomasi ustidan kelishib olindi va uning endi imzolanishi lozim. Men esa, nomi tilga olingan loyihani imzolashga tayyorman», - dedi.

Pashinyan bu so‘zlarni, o‘tgan payshanba kuni ham Ozarbayjon hamda Armanistonning tinchlik shartnomasi loyihasi ustidan kelishib olgani haqida alohida – alohida bergan bayonoti ortidan aytdi.

Ushbu shartnoma, o‘n yillab davom etgan mojaroni tugatish va Boku bilan Yerevan o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatishni ko‘zda tutmoqda.

Sobiq Sovet ittifoqi tarkibidagi ikki davlat munosabatlari, 1991 - yili Armaniston armiyasining Ozarbayjonning bir qismi sifatida xalqaro miqyosda tan olingan Qorabog‘ va unga qo‘shni yetti mintaqani bosib olishi bilan taranglashdi.

Ozarbayjon, 2020 - yilning kuz mavsumida 44 kun davom etgan urushda yuqorida nomi tilga olingan tuprog‘ining yirik qisimi qutqardi. Bu urush, normallashish va chegaralarni belgilash bo‘yicha muzokaralarga yo‘l ochgan Rossiya yordamida tinchlik shartnomasi bilan yakun topdi.

2023 - yilning sentabr oyida, mintaqadagi separatistik kuchlarning taslim bo‘lishi bilan esa Qorabog‘da to‘liq qutqarilib, tinchlik o‘rnadi.

Boxabar bo'ling!
Erdo‘g‘an turkiy davlatlarni mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda faol rol o'ynashga chaqirdi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti 16 yoshga to‘ldi!
Armaniston BMT Bosh assambleyasida Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilganini e’lon qildi
Ozarbayjon bilan Iroq munosabatlarini mustahkamlamoqda
Fransiyada qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovga bag‘ishlangan YUNESKO anjumani bo‘lib o‘tdi
Ilhom Aliyev: Hindiston Ozarbayjondan qasos olmoqchi
Rossiya Qozog‘istonning birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlarini boshladi
ShKTR josuslikda gumon qilingan greklarni nazorat ostiga oldi
Kipr masalasiga siyosiy yechim yo'lida diplomatik sa'y-harakatlar kuchaymoqda
Erdo‘g‘an bilan Aliyev Turkiya - Ozarbayjon munosabatlarini qo‘lga oldi
Ozarbayjon bilan Rossiya bir – biriga qarshi diplomatik tusda norozichilik bildirdi
Rossiya va Qozog‘iston atom elektr stansiyasining yo‘l xaritasi bo'yicha kelishib oldi
Rossiya Qarabog'ni Ozarbayjon hududi deb tan oldi
Oʻzbekiston BRIKSning yangi taraqqiyot bankiga aʼzo boʻladi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi Lenin haykali olib tashlandi
Erdo'g'an, Ilhom Aliyev va Shahboz Sharif Lochin xalqaro aeroporti ochilishida ishtirok etadi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti rahbarining aytishicha, Suriya bo'yicha tashabbuslar Turkiya diplomatiyasining o'sishini ko'rsatadi
Turkiya va Oʻzbekiston Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etdi
Qirg'iziston-Tojikiston chegara kelishuvining Markaziy Osiyo kelajagiga ta'siri
Qirg'iziston va Tojikiston tarixiy chegara kelishuvini imzoladilar