IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Turkiyada iste’molchilar ishonchi indeksi 2,4 foizga o‘sdi
TUIK noyabr oyi uchun iste’molchilar ishonchi ko‘rsatkichlarini e’lon qildi
Turkiyada iste’molchilar ishonchi indeksi 2,4 foizga o‘sdi
Kasımda Tüketici güven endeksi kasımda arttı / TRT Haber
 

Noyabr oyida iste’molchilar ishonchi indeksi oshdi.

Iste’molchilar ishonchi indeksi noyabr oyida oylik hisobda 2,4 foizga ko‘tarilib, 86,8 foizni tashkil etdi.

Turkiya Statistika Qo‘mitasi (TÜİK) noyabr oyiga oid iste’molchilar ishonchi indeksi ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, TUİK va Turkiya Respublikasi Markaziy banki hamkorligida o‘tkazilgan Iste’molchilar moyilligi so‘rovnomasi natijalari asosida hisoblangan iste’molchilar ishonchi indeksi oktabr oyida 84,8 foiz bo‘lgan bo‘lsa, joriy oyda 2,4 foizga o‘sib, 86,8 foizga yetdi.

  • Uy xo‘jaliklarining joriy moliyaviy holati indeksi: Noyabr oyida oylik hisobda 0,04 foizga o‘sib, 68,3 foizdan 68,4 foizga ko‘tarildi.

  • Kelgusi 12 oylik davrda uy xo‘jaliklarining moliyaviy holat kutilmalari indeksi: Oktabr oyida 86,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, noyabr oyida 3,4 foizlik o‘sish bilan 89,4 foiz darajasida qayd etildi.

  • Kelgusi 12 oylik davrda umumiy iqtisodiy vaziyat kutilmalari indeksi: O‘tgan oyda 81,7 foiz bo‘lgan ushbu ko‘rsatkich joriy oyda 2,9 foizga oshib, 84,1 foiz sifatida hisoblandi.

  • Kelgusi 12 oylik davrda uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlariga xarajat qilish niyati indeksi: O‘tgan oydagi 102,7 foizdan joriy oyda 2,5 foizga ko‘tarilib, 105,3 foizga yetdi.