IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Polsha Turkiya bilan mudofaa sanoati hamkorligini rivojlantirmoqchi
Polshaning mudofaa sohasidagi ishlarida Turkiyaning tajriba va yechimlaridan foydalanishi qayd etildi.
Polsha Turkiya bilan mudofaa sanoati hamkorligini rivojlantirmoqchi
_
 

Polsha Milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Magdalena Sobkoviak - Charnecka Turkiya bilan mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istagini bildirdi.

Rasmiy tashrif bilan Anqaraga kelgan Sobkoviak - Charnetska X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Polsha - Turkiya mudofaa hamkorligi vazirlik uchun muhim yo‘nalish ekanini ta’kidladi.

Uning qayd etishicha NATO doirasida ikki davlat harbiylari bir - birining xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda. Endilikda polshalik va turkiyalik muhandislar hamkorlikning keyingi bosqichini birgalikda shakllantirishi maqsad qilingan.

Sobkoviak - Charnetska Turkiyaning harbiy modernizatsiyani iqtisodiy rivojlanish bilan uyg‘unlashtirayotganini alohida ta’kidlab, bu yondashuv mahalliy sanoat, ilm - fan, bandlik va eksportni ham qo‘llab - quvvatlayotganini bildirdi.

Shuningdek, Polsha mudofaa sohasidagi loyihalarida Turkiyaning tajribasi va yechimlaridan foydalanishini ma’lum qildi.