Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Barham Solih mojarolar, zo‘ravonlik, ta’qib va xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa omillar sababli 117 milliondan ortiq inson o‘z uy - joylarini tark etganini ma’lum qildi.
Solih Nyu - Yorkda BMT Xavfsizlik kengashiga ma’lumot berdi.
Mojarolar, zo‘ravonlik, ta’qib va xavfsizligiga tahdidlar tufayli 117 milliondan ortiq inson o‘z uy - joylarini tark etganini bildirgan Solih, mojarolar soni ham ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
Solih mojarolar ayni paytda tobora uzoq davom etayotgani va ularga siyosiy yechim topilmayotganini ta’kidlab: «Vaqtinchalik deb umid qilib yurib inqiroz sababli o‘z uy - joylarini tark etgan millionlab insonlar yillar, ba’zan esa hatto avlodlar davomida o‘z yurtidan uzoqda qolmoqda», — dedi.
Buning shunchaki gumanitar masala emasligini ta’kidlagan Solih: «Bu, avvalo, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdiddir», — dedi.




















