Mahalliy OAVlarga ko‘ra Xitoy Davlat raisi bir tomonlama va zo‘ravonlikka asoslangan harakatlarni tanqid qilib, “yirik davlatlarni” xalqaro huquqqa rioya qilishga chaqirdi.
Si Szinpin mavzu haqida kecha bergan bayonotida shunday dedi:
“Barcha davlatlar boshqa xalqlarning o‘zlari tanlagan taraqqiyot yo‘llariga hurmat bilan qarashi, xalqaro huquq hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsad va tamoyillariga amal qilishi lozim. Yirik davlatlar bu borada yetakchi bo‘lishi kerak”.
Xinhua News xabariga ko‘ra prezident bu fikrlarni poytaxt Pekinda Irlandiya Bosh vaziri Maykl Martin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida bildirgan.
Xitoy yetakchisining ushbu bayonotlari AQSh tomonidan shanba kuni (03.01.2026) tong oldidan Venesuelaga qarshi uyushtirgan bosqin chog‘ida mamlakat prezidenti va uning rafiqasi qo‘lga olinib, keyinchalik Nyu - Yorkka olib ketilishi ortidan qayd etildi.
Si Szinpin mavzu haqida shuningdek, “O‘zgarish va beqarorlik bilan qurshab olingan dunyoda bir tomonlama va zo‘ravonlikka asoslangan harakatlar xalqaro tartibni jiddiy ravishda zaiflashtirmoqda”, - degan ifodalarga ovrin berdi.
Karakas, juftlikning ozod etishni talab qilmoqda
AQSh shanba kuni (03.01.2026) Karakasga qarshi keng ko‘lamli amaliyot boshlatdi va Nyu - Yorkdagi sudda jinoiy ayblovlar bilan yuzlashayotgan Prezident Nikolas Maduro hamda uning rafiqasi Siliya Floresni qo‘lga oldi.
New York Times Venesuela rasmiylariga tayanib xabar berishicha, AQSh bosqini oqibatida qariyb 80 kishi halok bo‘lgan.
Maduro va Flores Bruklindagi Metropolitan qamoqxona markazida saqlanmoqda. Ular giyohvand moddalar kontrabandasi bilan aloqadorlikda hamda terrorchi tashkilot sifatida tasniflangan jinoiy guruhlar bilan hamkorlik qilganlikda ayblanib, AQSh federal ayblovlariga duch kelmoqda.
Maduro bu ayblovlarni rad etar ekan, Venesuela poytaxti Karakasdagi rasmiylar juftlikning zudlik bilan ozod etishni talab qilmoqda.












