SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Lavrov Ukraina masalasi ustidan Rubio bilan yuzma - yuz uchrashishga tayyor
Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Lavrov, Marko Rubio bilan uchrashuv oʻtkazishga tayyorligini bildirdi lekin Moskva Ukraina masalasi ustidan asosiy talablari va ustuvor yoʻnalishlarini ta'kidlab oʻtdi.
Lavrov Ukraina masalasi ustidan Rubio bilan yuzma - yuz uchrashishga tayyor
_
9 ноябр 2025

Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov, Ukrainada tinchlik oʻrnashi uchun Rossiya manfaatlari e’tiborga olinishi kerakligini ifoda etgan holda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi.

Kreml, oʻtgan oyda Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan AQSh Prezidenti Donald Trump oʻrtasida sammit tashkil etilishi sa’y - harakatlarining vaqtinchalik toʻxtatilishi ortidan Lavrovning Vladimir Putin e’tiboridan chetda qolganligi haqidagi taxminlarni rad etdi.

Reuters va boshqa ommaviy axborot vositalari, Vashington yangi sammitni Lavrov vazirligi Moskvani Ukraina borasidagi talablaridan voz kechishga tayyor emasligini ifoda etishi ortidan bekor qilingani haqida ma’lumot tarqatgan.

Britaniyaning Financial Times gazetasi bir manbaaga tayangan holda, Lavrovning Rubio bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvi Vashingtonni uzoqlashtirgan boʻlishi mumkinligini qayd etdi.

«Davlat kotibi Marko Rubio va men muntazam muloqot zarurligini tushunamiz», - dedi Lavrov bugun (09.11.2025) RIA milliy axborot agentligiga bergan bayonotida.

Sergey Lavrov oʻz soʻzida shuningdek: «Ukraina masalasini muhokama qilish va ikki tomonlama kun tartibini ilgari surish uchun bu muhimdir. Shu bois ham biz telefon orqali muloqot qilyapmiz va zarurat tugʻilganida yuzma - yuz uchrashuvlarga tayyormiz», - degan ifodalarga oʻrin berdi.